CRM va voronka
Saytdagi forma, Telegram bot va qo‘ng‘iroqlardan kelgan har bir lid voronkaga tushadi.
- Sinov darsiga yozish
- Yo‘qotish sabablari
- Raqamni SMS bilan tasdiqlash
O‘quv markazlari uchun yaratilgan
Lidlardan to‘lovgacha, davomatdan ish haqigacha — hammasi bir joyda. Ota-onalar Telegramda xabar oladi, siz esa markaz qanday ishlayotganini har kuni ko‘rib turasiz.

Siz ishlatadigan xizmatlar bilan ishlaydi
Video tur
Lid kelganidan oylik hisobotgacha — markazning har bir jarayoni tizimning haqiqiy ekranlarida.
Imkoniyatlar
Har bir bo‘lim o‘quv markazining kundalik ishidan kelib chiqib qurilgan. Faqat keraklilarini yoqing — qolganlari menyuda ham ko‘rinmaydi.
Saytdagi forma, Telegram bot va qo‘ng‘iroqlardan kelgan har bir lid voronkaga tushadi.
O‘qituvchi davomatni ilovada belgilaydi, Face ID terminal esa kelish-ketishni o‘zi yozadi.
Hisob-fakturalar har oy o‘zi chiqadi, ota-ona Click yoki Payme orqali onlayn to‘laydi.
Dars uchun, foizli yoki oylik — har xil tizimlar, jarima, bonus va avans bilan.
Haftalik jadvaldan darslar o‘zi yaratiladi, xona va o‘qituvchi ustma-ust tushmaydi.
Onlayn kurslar, uy vazifalari, test va imtihonlar — qog‘ozdagi javob varaqasini skanerlash bilan.
Ota-onalar uchun bot va mini ilova: dars jadvali, davomat, baholar va to‘lovlar.
Qo‘ng‘iroqlar tarixi lid va o‘quvchi kartasida, javobsiz qo‘ng‘iroq esa yangi lid va vazifa.
Tushum, davomat, ketish sabablari, lidlar konversiyasi va har bir guruh foydasi.
Markaz ma’lumotlari bo‘yicha savol bering: “Bugun kim qarzdor?” — javob bir zumda.
O‘quvchilar darsda tanga yig‘adi, do‘kondan sovg‘a oladi, tanlovlarda qatnashadi.
Bir nechta filial, har bir rol uchun aniq huquqlar va barcha o‘zgarishlar jurnali.
Ekranlar
Bu yerdagi ekranlar Neezamning haqiqiy oynalari, sinov markazi ma’lumotlari bilan.

01 / 08
Bugungi tushum, qarzdorlik, faol o‘quvchilar va yangi lidlar. Pastda — bugungi darslar va javob kutayotgan murojaatlar.
Sotuv
Saytdagi forma, Telegram bot, qo‘ng‘iroq yoki administrator kiritgan lid — hammasi bitta voronkada. Kim bilan qachon gaplashilgani, keyingi qo‘ng‘iroq va sinov darsi natijasi ko‘rinib turadi.

Ota-onalar
Farzandi darsga kelganda, baho olganda yoki to‘lov muddati yaqinlashganda ota-ona Telegramda xabar oladi. Haftalik hisobotda davomat, baholar va uy vazifalari jamlanadi.
Moliya
Hisob-fakturalar o‘zi chiqadi, to‘lovlar qarzlarga taqsimlanadi, xarajatlar buxgalteriya kitobiga tushadi. Har bir guruh foyda keltiryaptimi yoki yo‘q — hisobotda ko‘rinadi.

Ko‘chish
O‘quvchilar, guruhlar, qarzlar va to‘lovlar ro‘yxatini import ustasi orqali yuklang — tizim ustunlarni o‘zi taniydi va xatolarni ko‘rsatib beradi.
Ko‘chishda yordam so‘rashQanday ishlaydi
Mutaxassisimiz qo‘ng‘iroq qiladi, tizimni ko‘rsatadi va markazingizga nima kerakligini aniqlaydi.
O‘quvchilar, guruhlar va qarzlarni Modme, EduTizim yoki Exceldan import qilamiz.
Markazingiz o‘z manzilida ochiladi: markaz.neezam.uz. Xodimlar va ota-onalar ulanadi.
Ilovalar
Rahbar kompyuterda, o‘qituvchi telefonda, ota-ona Telegramda — bitta ma’lumot, har xil ekran.
Brauzerda yoki Windows ilovasida, bildirishnomalar bilan.
Davomat, baholar, dars jadvali, hamyon va xabarlar.
Jadval, uy vazifalari, imtihonlar, tangalar va tanlovlar.
Telegram mini ilova: davomat, baholar va to‘lovlar.
Arizani qoldiring — mutaxassisimiz qo‘ng‘iroq qilib, tizimni sizning markazingiz misolida ko‘rsatadi.